15:23 / 18.12.2025
17 986

Barboza Safonovni Yevropaning eng kuchli darvozabonlaridan biri dedi


Futbol agenti Paulu Barboza PSJ darvozaboni Matvey Safonovning kecha Qit'alararo kubok doirasida Braziliyaning «Flamengo» jamoasiga qarshi o'yindagi harakatlariga yuqori baho berdi. «Uning ijrosi ajoyib bo'ldi.

Kimdadir uning darajasi borasida shubha bo'lgan bo'lsa, Safonov bularning barchasini yo'qqa chiqardi. U Yevropadagi eng yaxshi darvozabonlardan biri ekanini isbotladi», deya Barbozaning so'zlarini Legalbet keltirdi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. O'yindan keyingi penaltilar seriyasida esa parijliklar 2:1 hisobida aniqroq harakat qildi.

Safonov braziliyalik futbolchilarning to'rt zarbasini qaytardi va o'yinning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi.
Paulu Barboza, Matvey Safonov, Qit'alararo kubok, Flamengo jamoasi, Eng yaxshi darvozabon
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing