00:21 / 19.12.2025
2 595

Ayntraxt Yaponiya yoshlar terma jamoasi himoyachisini transfer qildi


Frankfurtning Ayntraxt klubi rasmiy manbalari orqali chap qanot himoyachisi Keyta Kosugini safiga qo'shib olganini e'lon qildi. 19 yoshli futbolchi Shvetsiyaning Dyurgorden klubidan Germaniya jamoasiga o'tadi va 1 yanvardan boshlab rasman yangi klubiga qo'shiladi.

Shartnoma tafsilotlari oshkor etilmadi. Biroq shved OAV ma'lumotlariga ko'ra, transfer qiymati taxminan 5,5 million yevroni tashkil etgan.

Kosugi 2025 yilgi mavsumda Shvetsiya chempionatida 28 o'yinda maydonga tushib, 5 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. U Yaponiya U20 va U23 terma jamoalarida ham o'ynash tajribasiga ega.

Frankfurt Ayntraxt, Keyta Kosugi, Shvetsiya chempionati, Germaniya jamoasi, Yaponiya terma
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing