10:06 / 18.12.2025
10 056

Manchester klublari Semenyo transferi yuzasidan Bornmutga chiqdi


Manchester Siti va Manchester Yunayted vakillari qanot hujumchisi Antuan Semenyo bo'yicha ehtimoliy transfer masalasini muhokama qilish uchun Bornmut bilan aloqa o'rnatdi. Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, har ikki grand yanvar boshidan kuchga kiradigan 65 million funt sterling (taxminan 74 million yevro) miqdoridagi tovon puli bandini faollashtirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Qizil iblislar tomonidan qiziqish jiddiy ekani ta'kidlanadi, biroq klub aynan shu summani to'lashga tayyormi-yo'qmi hozircha noma'lum. Semenyoga Tottenhem va Arsenal ham qiziqish bildirmoqda.

25 yoshli g'analik futbolchi joriy Angliya Premer-ligasi mavsumida 15 uchrashuvda 7 gol urdi va 3 golli uzatma amalga oshirdi.
Manchester Siti, Manchester Yunayted, Antuan Semenyo, Angliya Premer-ligasi, Fabritsio Romano
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing