06:13 / 18.12.2025
7 916
Marko Simone: «Milan to'rtlik emas, g'alaba uchun kurashsin»

Italiyaning «Milan» klubi sobiq hujumchisi Marko Simone bosh murabbiy Massimiliano Allegrining «Chempionlar ligasi yo'llanmasi uchun kuchli to'rtlikka kirish» haqidagi ehtiyotkor bayonotlariga tanqidiy munosabat bildirdi. 1996 yilda Chempionlar ligasida chorak asrdan ortiq vaqt saqlanib qolgan rekord o'rnatgan Simone, «Milan» kabi jamoa faqat to'rtinchi o'rin bilan cheklanmasligi kerakligini ta'kidladi.
«Allegri “Milan” faqat kuchli to'rtlikda bo'lishi kerak, xolos, deb takrorlayapti. Ha, o'tgan mavsum klub sakkizinchi bo'lib yakunladi, lekin “Milan” baribir “Milan”.
U g'alaba uchun kurashishi shart. Hech qanday “ammo” va “agar”siz», — deya Simonedan iqtibos keltiradi pianetamilan.it.
Ayni paytda «Milan» A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
Milan klubi, Marko Simone, Chempionlar ligasi, Kuchli to'rtlik, A Seriya
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing