
Mashhur "Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karragerning fikricha, Arne Slot jamoasi qishki transfer oynasida kuchayishga muhtoj. "Qizillar" yozgi transferlar vaqtida yangi futbolchilar uchun katta mablagʻ sarflashdi, biroq asosiy eʼtibor hujum chizigʻini mustahkamlashga qaratilgan edi.
"Liverpul" yanvar oyida yangi futbolchi sotib olishi kerak. Ular markaziy himoyachiga muhtoj, – dedi Sky Sports eksperti Jeymi Karrager.
Mersisaydliklar Mark Gexini qoʻlga kiritishga qiziqish bildirishni davom ettirmoqda. "Kristal Pelas" sardorini sotib olishga boʻlgan urinishlar yozda amalga oshirilgan edi, ammo kelishuv amalga oshmay qolgan.
Joriy Premyer-liga mavsumining 11-turidan soʻng "Liverpul" turnir jadvalida sakkizinchi oʻrinni egallab turibdi.
Liverpul Jamoasi, Jeymi Karrager, Qishki Transfer, Markaziy Himoyachi, Premyer Liga
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing