
Bornmut vingeri Antuan Semenyo Angliya Premyer-ligasi amaldagi chempioni «Liverpul»ning transfer ro'yxatidan joy oldi. Indykaila News ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan xabarga ko'ra, mersisaydliklar «giloslar»ga 25 yoshli futbolchini sotib olish bo'yicha rasmiy taklif yuborgan.
Manbada ta'kidlanishicha, Semenyo «qizillar» hujum chizig'ida misrlik Muhammad Salohning o'rnini bosishi mumkin. Salohning klubdagi munosabatlari so'nggi paytda yomonlashgani qayd etilgan.
Ganadagi futbolchining bozor qiymati 65 million yevroga baholanmoqda. Joriy mavsumda Semenyo «Bornmut» safida 15 uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Antuan Semenyo, Angliya Premyer-ligasi, Muhammad Saloh, Bornmut klubi, Futbol transferi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing