23:18 / 14.12.2025
110 457

Di Lorenso: Bunday o'yinlarda hammasini bir epizod hal qiladi


“Napoli”dagi beqarorlik davom etmoqda. Italiya A Seriyasining 15-turida Antonio Konte boshchiligidagi neapolliklar bu safar “Udineze”ga qarshi bahsda 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

Uchrashuvdan so'ng jamoa sardori Jovanni Di Lorenso o'yin tafsilotlariga to'xtaldi. “Biz bu qiyin, kurashlarga boy o'yin bo'lishini bilardik va unda hammasini bitta epizod hal qilishini tushunardik.

Biz hisobni tenglashtirishga urindik, Xyoylunn golga juda yaqin kelgandi, ammo... Endi barcha fikrlarimiz Italiya Superkubogi o'yinlarida”, — deya futbolchi so'zlarini keltiradi calcionapoli1926.it.

Keyingi turda “Napoli” “Kremoneze”ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu jamoa safida Jeymi Vardi ham to'p suradi.

Napoli jamoasi, Italiya A Seriyasi, Antonio Konte, Jovanni Di Lorenso, Italiya Superkubogi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing