03:18 / 14.12.2025
4 367
Flick nega Levandovskini Osasunaga qarshi o'yinga tushirmadi.

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski shanba kuni La Ligada “Osasuna”ga qarshi o‘yinda (2:0) zaxirada qoldi. Kataloniyaliklar hisobni 70-daqiqada Rafinya Diasning goli bilan ochdi, 86-daqiqada esa u yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, ustunlikni ikki to‘pga yetkazdi.
Polshalik tajribali futbolchi uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan bo‘lsa-da, maydonga tushmadi. Ispan OAV xabariga ko‘ra, 37 yoshli hujumchi mushaklaridagi noqulaylik sabab o‘yinda qatnashmagan.
Flick boshchiligidagi jamoa 16-dekabr, seshanba kuni Ispaniya Kubogi 1/16 finalida “Deportivo Gvadalaxara”ga qarshi bahs olib boradi. Joriy mavsumda Levandovskining hisobida 17 o‘yinda 8 ta gol va 2 ta golli uzatma bor.
Robert Levandovski, Barselona klubi, La Liga, Ispaniya Kubogi, Futbol o'yini
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing