03:27 / 14.12.2025
3 858

Real Dayo Upamekano bilan og'zaki kelishuvga erishdi


Myunxenning «Bavariya» klubi markaziy himoyachisi Dayo Upamekano Madridning «Real» jamoasiga o‘tishga rozilik berdi. Fransiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida tugaydi.

Jurnalist Santi Aunaning ma’lumotiga ko‘ra, «qaymoqranglilar» Upamekano bilan kelajakdagi transfer bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Kutilmagan holatlar yuz bermasa, 27 yoshli himoyachi iyul oyida erkin agent sifatida Ispaniya grandi safini to‘ldiradi.

«Real» vakillari Upamekano qo‘ygan barcha talablarni bajarishga tayyorligini bildirgan. Manbaga ko‘ra, aynan shu talablar «Bavariya» tomonini qoniqtirmagan.

Himoyachi 2021 yildan beri myunxenliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.
Bavariya klubi, Dayo Upamekano, Real jamoasi, Fransiyalik futbolchi, Ispaniya grandi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing