
“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik “Osasuna”ga qarshi uchrashuvda (2:0) Pedrining o‘yinini alohida e’tirof etdi. Bahsning 70-daqiqasida ispaniyalik yarim himoyachi Rafinya Diasga golli uzatma berdi va braziliyalik futbolchi hisobni ochdi.
86-daqiqada Rafinya yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, uchrashuv taqdirini hal qildi. “Birinchi gol epizodida bizda bo‘sh hudud paydo bo‘ldi va undan ideal tarzda foydalandik.
Uzatma shunchaki benuqson chiqdi. Pedri — fantastik futbolchi, darajasi juda yuqori.
Yana nima deyish mumkin? U ajoyib”, — dedi Flik matbuot anjumanida.
“Barselona” 16-dekabr kuni Ispaniya kubogida “Deportivo Gvadalaxara”ga qarshi maydonga tushadi. 21-dekabrda esa La Ligada “Vilyarreal” bilan to‘qnash keladi.
Barselona klubi, Hans-Diter Flik, Ispaniya kubogi, Pedri o‘yini, Rafinya Dias
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar