
Ukraina terma jamoasi va Kiyevning "Dinamo" jamoasi sobiq hujumchisi Andrey Shevchenko xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrichning "Milan"dagi o'yini haqida fikr bildirdi. Tajribali futbolchi ushbu yozda Madridning "Real" klubidan Italiyaning "Milan" jamoasiga o'tgan edi.
"Lukani boshqa biror futbolchi bilan solishtirishning imkoni yo'q. Modrich – katta mahoratga ega bo'lgan futbol dahosi.
U "Milan"ga katta motivatsiya bilan kelgan va uning ichida hali juda ko'p energiya bor. Luka o'yinga bor kuchi bilan, yuz foiz berilib harakat qilmoqda", – deydi Shevchenko "Tuttosport" nashriga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda 40 yoshli Modrich "Milan" safida 14 uchrashuvda maydonga tushib, bir bor raqib darvozasini ishg'ol qildi va ikki marta golli uzatma berdi. Hozirda "rossoneri" Italiya A Seriyasi turnir jadvalida 28 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Andrey Shevchenko, Luka Modrich, Milan jamoasi, Italiya A Seriyasi, Futbol dahosi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing