22:30 / 04.12.2025
347 889

Modrich: Milan uchun muxlislik qilganman


Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich Madridning "Real" klubidan Italiya jamoasi "Milan"ga oʻtishi haqida fikr bildirdi. U buni orqaga qadam deb hisoblamasligini aytgan, garchi bu holat shunday koʻrinishi mumkinligini tan olgan.

"Tabiiyki, "Real"ni tark etib, qayerga oʻtsangiz ham, bu orqaga qadamdir. Buni har qanday futbolchi tasdiqlaydi.

Ammo men "Real" tarixiga tenglashadigan klubga oʻtdim. Va men uchun bu "Real"dan ketish sharoitida eng yaxshi ssenariy boʻldi.

Men italiyalik futbol bilan ulgʻayganman va "Milan"ga muxlislik qilganman", – deya Modrichning soʻzlarini keltiradi pianetamilan.it. Eslatib oʻtamiz, "Milan" A Seriya turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Luka Modrich, Real Madrid, Milan Jamoasi, A Seriya, Futbol Yangiliklari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing