18:35 / 21.12.2025
1 816

Qora dengizda yuzlab delfinlar nobud bo‘lmoqda


Krasnodar o‘lkasi qirg‘oqlarida yuzlab delfinlar nobud bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, neft to‘kilishi oqibatida 688 ta delfin jasadi topilgan. Delfinlar o‘limidagi eng yuqori ko‘rsatkich neft to‘kilishidan keyingi ilk oyda qayd etilgan. Mutaxassislar ekologik falokatning oqibatlari bir necha yil davomida sezilishi mumkinligini bildiradi.

Toksinlar organizmda to‘planishi natijasida turli kasalliklar ko‘payishi, o‘lim darajasi yuqori bo‘lishi va tug‘ilish kamayishi mumkin. O‘lim holatlari kit va delfinlarning quruqlikka chiqish mavsumida ham, ayniqsa oktyabr oxiri va noyabr oylarida kuzatilgan.

“Volgoneft-212” va “Volgoneft-239” tankerlari 2024-yil 15-dekabrda Kerch bo‘g‘ozida bo‘ron sabab halokatga uchragan. Tankerlar 9,2 ming tonna qora neft tashigan bo‘lib, shundan 2,4 ming tonna suvga to‘kilgan. Avariya Rossiyada katta ekologik falokat sifatida baholangan va favqulodda vaziyat e’lon qilingan.

Rossiya Tabiiy resurslar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, qora neft bilan ifloslangan Anapa plyajlari 2026-yil yozigacha tiklanadi.


Krasnodar o‘lkasi, Ekologik falokat, Delfinlar o‘limi, Qora neft, Rossiya Tabiiy resurslar vazirligi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing