08:24 / 29.11.2025
340 157
Ronaldu nima dedi? "Al-Nasr" uning ishtirokisiz keyingi bosqichda

Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy bilan kelishuvga binoan Osiyo Chempionlar Ligasi 2-guruhi oʻyinlarida ishtirok etmayapti. Shunga qaramay, "Al-Nasr" jamoasi oʻz yetakchisisiz ham muvaffaqiyatli oʻyin koʻrsatmoqda.
Saudiya klubi chorshanba kuni Tojikistonda "Istiqlol"ni 4:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, guruhdagi beshinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi. Ushbu oʻyindan soʻng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda "Al-Nasr"ning guruh bosqichida birinchi oʻrinni egallab, keyingi bosqichga chiqqanligi haqida xabarni qayta ulashdi.
Portugaliyalik futbolchi xabariga ikki emodzi qoʻshdi: alangali belgi va qarsak. Krishtianu Ronaldu 40 yoshda boʻlib, uning "Al-Nasr" bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning oʻrtalarigacha moʻljallangan.
Krishtianu Ronaldu, Osiyo Chempionlar, Al Nasr, Saudiya Klubi, Portugaliyalik Futbolchi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar