03:01 / 29.11.2025
394 293

Arne Slotni ishdan bo'shatish 'Liverpul'ga qimmatga tushadi


'Liverpul' bosh murabbiyi Arne Slot qoniqarsiz natijalar tufayli ishidan ayrilishi mumkin. Yaqinda 'qizillar' Chempionlar ligasi doirasida o'z maydonida PSVga 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi.

Bu Angliya klubi uchun ketma-ket uchinchi yirik mag'lubiyat hisoblanadi. De Telegraaf nashri xabariga ko'ra, agar klub rahbariyati murabbiyni yaqin kunlarda iste'foga chiqarsa, 'Liverpul' niderlandiyalik mutaxassisga taxminan 10 million funt sterling (qariyb 11,5 million yevro) to'lashiga to'g'ri keladi.

Arne Slot jamoani 2024 yil yozida Yurgen Klopp o'rniga boshqara boshlagan edi. Hozirda amaldagi Angliya chempionlari Premer-liga turnir jadvalida 12-tur yakuniga ko'ra atigi 12-o'rinni egallab turibdi.

Liverpul Jamoasi, Arne Slot, Chempionlar Ligasi, Angliya Klubi, Premer Liga
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing