08:30 / 26.11.2025
383 784

Karreger Klopp va Slotning muammolarini solishtirdi


“Liverpul”ning sobiq himoyachisi Jeymi Karreger klubning inqiroz holati haqida fikr bildirdi. Bir necha muvaffaqiyatsiz o‘yinlardan so‘ng, “qizillar” Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 12-o‘ringa tushib ketdi.

Ular peshqadam “Arsenal”dan allaqachon 11 ochkoga ortda qolgan. "Yurgen Klopp davrida ham qiyin vaziyatlar bo‘lgan: bir paytlar uning qo‘l ostida 'Liverpul' 'Enfild'da ketma-ket olti o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan edi.

Ammo men hech qachon odamlar uning jamoa bosh murabbiyi sifatidagi mavqeini shubha ostiga qo'yganini eslay olmayman. Hozir esa Arne Slot bilan bu holat boshqacha," – deya Karregerning so‘zlarini ingliz matbuoti keltirgan.

Ma’lumot uchun, Arne Slot 2024-yil yozida Yurgen Kloppni “Liverpul” bosh murabbiyi lavozimida almashtirgan edi. Gollandiyalik murabbiy boshchiligidagi ilk mavsumdayoq mersisaydliklar Angliya chempionligini qo‘lga kiritishdi.


Liverpul Klubi, Angliya Chempionati, Yurgen Klopp, Arne Slot, Jeymi Karreger
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing