22:26 / 24.11.2025
448 354

Atletiko Gallaherni sotishga tayyor


Madridning "Atletiko" jamoasi markaziy yarim himoyachisi Konor Gallaher jamoani qishki transfer oynasida tark etishi mumkin. Bu haqda Layall Tomas xabar bermoqda.

Manbalarga ko‘ra, Angliya Premyer-ligasining bir qancha klublari yaqinlashib kelayotgan qishda Gallaherni sotib olishga harakat qilishadi. "Atletiko" 25 yoshli yarim himoyachini yanvar oyida qo‘yib yuborishga tayyor, ammo faqat to‘liq transfer shartnomasi asosida, ijaraga berish takliflari qabul qilinmaydi.

Joriy mavsum Gallaher barcha musobaqalar doirasida 17 o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urishga erishdi. Yarim himoyachining "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyigacha amal qiladi.

Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing