06:06 / 18.12.2025
7 854

Mbappe Realda Ronalduning yillik gol rekordini quvib yetdi


Madridning Real klubi hujumchisi Kilian Mbappe Krishtianu Ronalduning klubdagi yillik natijasiga juda yaqin keldi. Fransiyalik futbolchi 2025 yil davomida raqiblar darvozasiga 58 ta gol urdi.

Bu ko‘rsatkich Real tarixida ikkinchi natija hisoblanadi. Birinchi o‘rinda Krishtianu Ronaldu turibdi: u 2013 yilda 59 bor raqiblarni ranjitgan.

Portugaliyalik yulduzning rekordini yangilash uchun Mbappega bitta o‘yin qoldi. 20 dekabr kuni Real La Liga doirasida Sevilya bilan bahs olib boradi.

2025/2026 yilgi mavsumda Mbappe 26 uchrashuvda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Real klubi, Kilian Mbappe, Krishtianu Ronaldu, Fransiyalik futbolchi, La Liga
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing