08:52 / 18.12.2025
9 569

PSJga kubok olib bergan Safonovning seyvlarini tomosha qiling (video)

Qatarning Doha shahrida FIFA Qit’alararo kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. PSJ va "Flamengo" 90 daqiqada 1:1 hisobida durang qayd etishdi.

Uchrashuv penaltilar seriyasigacha bordi va "futbol lotereyasi"da PSJ 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

PSJ – "Flamengo" 1:1 (penaltilar seriyasi 2:1)

E’tiborlisi, Parij klubi 57 ta sovrinning 39 tasini qatarliklar davrida — Qatar Sports Investments kompaniyasi 2011-yilda sotib olganidan so‘ng qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, «PSJ» 2025-yilda 50 ta o‘yinda g‘alaba qozonib, bir kalendar yilidagi yutuqlar soni bo‘yicha o‘z rekordini o‘rnatdi. «PSJ» bir yilda 6 ta sovrin yutish orqali «Barselona» va «Bavariya»ning rekordini takrorladi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing