02:59 / 21.11.2025
485 049

Mane nega "Manchester Yunayted"ga o'tmaganini aytdi


Sobiq "Liverpul" futbolchisi, hozirda Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" jamoasida to'p surayotgan Sadio Mane "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin bo'lgan vaqtni esladi. Senegallik futbolchi "qizil iblislar" safiga "Sautgempton"dan "Liverpul"ga o'tishidan avval qo'shilishi mumkin edi, biroq bu transfer amalga oshmagan.

"Menga "Manchester Yunayted"dan qo'ng'iroq qilishdi, Lu van Gal bilan gaplashdim. Jamoada Runi, Di Mariya, Depay bor edi.

Ular meni qo'lga kirita olmagach, Marsiyalni sotib olishdi. Men ulardan so'radim: "Runi, Depay, Di Mariya va van Persi bor ekan, men qayerda o'ynayman?" Menga doimiy ravishda maydonga chiqish muhim edi," - deydi 33 yoshli futbolchi The Touchline nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Sadio Mane "Sautgempton"dan "Liverpul" safiga 2016 yilda o'tgan va olti yil davomida jamoada o'ynaganidan keyin "Bavariya"ga transfer qilingan.
Sadio Mane, Liverpul Futbolchisi, Manchester Yunayted, Saudiya Arabistoni, Sautgempton Jamoasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing