13:28 / 20.11.2025
571 110

Barselona prezidentligiga nomzod Messiga va'da berdi


Viktor Font, 2026 yilda "Barselona" prezidenti lavozimi uchun kurashadigan nomzod, Lionel Messi borasida va'da berdi. Font saylovlarda gʻolib chiqqan taqdirda, afsonaviy futbolchiga qoʻngʻiroq qilishini aytdi.

"Messining qaytishi? Bu haqda oʻylashning oʻzi menga hayajon beradi.

Albatta, barchasi uning qaroriga bogʻliq. Biz Messini foydalanish vositasi sifatida koʻrmasligimiz kerak.

Afsuski, Laporta buni bir necha bor notoʻgʻri yoʻlda qilgan deb oʻylayman. Messi bu haqida xabardor boʻlishi lozim: men saylovlarda gʻalaba qozongan zahotiyoq unga qoʻngʻiroq qilaman.

Bu mening birinchi qoʻngʻirogʻim boʻladi. Klub kelajagiga hissa qoʻshadigan har bir kishi bilan muloqot qilish bizning burchimizdir", dedi Font Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, Lionel Messi 2021 yilda "Barselona"ni tark etgan edi. Kataloniyalik klub moliyaviy muammolar sababli argentinalik yulduz bilan shartnomani uzaytira olmagan.

Viktor Font, Lionel Messi, Barselona Prezidenti, Messi Qaytishi, Klub Kelajagi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing