
Yarim himoyachi Pol Pogba yana futbol maydoniga qaytmoqda. L’Equipe xabariga koʻra, murabbiy Sebastyan Pokonoli ehtiyotkorona fikr bildirgan boʻlsa-da, Pogba yaqinlashib kelayotgan "Renn"ga qarshi oʻyinda "Monako" safida maydonga tushishga tayyor boʻladi.
Pogba soʻnggi ikki yildan beri oʻyinlarda ishtirok etmagan edi. U doping diskvalifikatsiyasini oʻtash va jismoniy holatini tiklash bilan band edi.
32 yoshli yarim himoyachi tez orada "Monako" safida debyut oʻyinini oʻtkazishi kutilmoqda. Fransiya Liga 1 doirasidagi "Renn" - "Monako" oʻyini shanba, 22-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi. "Monako" hozirda Fransiya chempionatining turnir jadvalida oltinchi oʻrinni egallab turibdi.
Pol Pogba, Yarim Himoyachi, Monako Jamoasi, Fransiya Liga, Turnir Jadvali
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing