12:47 / 18.11.2025
2 394

Benzema: Mbappe yakka oʻzi YChLni yuta olmaydi


Fransiya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi sobiq hujumchisi Karim Benzema "qirollik klubi"ning hozirgi yetakchisi Kilian Mbappe haqida oʻz fikrlarini bildirdi. "Mbappe endi ancha pishiq futbol koʻrsatmoqda.

U koʻp gollar urmoqda va Madridda undan aynan shuni kutishadi. "Liverpul" va "Atletiko" kabi kuchli raqiblarga qarshi oʻyinlarda Kilian oʻz zimmasiga masʼuliyatni olishi lozim.

"Real" Mbappe bilan birga Chempionlar Ligasini yutishni umid qilmoqda. Ammo u yakka oʻzi jamoani sovringa olib kela olmaydi.

Unga jamoadoshlarining yordami kerak bo‘ladi," – deydi Benzema AS nashriga bergan intervyusida. 2025/2026-yilgi mavsumda fransiyalik hujumchi Madrid klubi safida 16 oʻyinda maydonga tushib, 18 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing