20:51 / 14.11.2025
1 432

Karlo Anchelotti Xabi Alonsoning ishini baholadi


Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti oʻzining ilgari ishlagan "Real" klubi haqida fikr bildirdi. "Men "Real"ni kuzatib boraman.

U yerda Vinisius, Rodrigo, Militao va Endrik kabi futbolchilar oʻynaydi. Shuning uchun menda professional qiziqish va hissiy bogʻlanish mavjud.

Xabi Alonso juda yaxshi boshladi. U deyarli barcha oʻyinlarda gʻalaba qozondi, faqat La Ligada "Atletiko"ga va Chempionlar ligasida "Liverpul"ga yutqazdi.

Lekin shunga qaramay, "Real" La Ligada yetakchilik qilmoqda. Xabi Alonso bundan ortiq nima ham qila olardi?

Jamoaga yangi futbolchilar qoʻshildi, Heusen va Karrerasni transfer qilinishi, shuningdek Militaoning qaytishi bilan himoya liniyasi mustahkamlandi. "Real" hozir juda raqobatbardosh koʻrinmoqda", - dedi Anchelotti La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

"Real" oʻzining navbatdagi oʻyinini 23-noyabr kuni safarda "Elche"ga qarshi oʻtkazadi.


Braziliya Jamoasi, Real Klubi, Xabi Alonso, La Liga, Chempionlar Ligasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing