12:19 / 18.11.2025
1 164

Turkistondagi ikki qavatli uyda yong‘in: 12 kishi hayotdan ko‘z yumdi


Qozog‘istonning Turkiston viloyatida joylashgan Alg‘abas qishlog‘ida bugun tongda sodir bo‘lgan yong‘in 12 kishining hayotini olib qo‘ydi. Qurbonlar orasida 9 nafar bola borligi ma’lum qilindi.

Ikki qavatli uyda olov juda tez tarqalgani aytiladi. Qutqaruvchilar uch nafar kishini hushsiz holda topib, shifoxonaga yetkazdi. Ular hozir og‘ir holatda.

Qo‘shnilar uyda kecha tadbir bo‘lganini, mehmonlar kelgani uchun odamlar har odatdagidan ko‘proq bo‘lganini aytishmoqda. Tergov shu holatni ham o‘rganmoqda.

Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev fojeadan juda qattiq iztirobda ekanini bildirib, halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning yaqinlariga yordam ko‘rsatishni hukumat va viloyat rahbariyatiga topshirdi.

Hozir yong‘in sabablari aniqlanmoqda. Fojea Alg‘abas ahlini larzaga soldi.


Turkiston Viloyati, Alg‘abas Qishlog‘i, Yong‘in Hodisasi, Halok Bo‘lganlar, Tergov Jarayoni
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing