
Barselona klubi uzoq kutilgan yangilikni eʼlon qildi — jamoa modernizatsiyadan oʻtgan Kamp Nou stadioniga qaytmoqda. 22-noyabr kuni kataloniyaliklar oʻz maydonida ilk oʻyinni oʻtkazadi.
La Liganing 13-turida Barselona Atletik Bilbao bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 18:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.
2023-yil may oyidan buyon Barselona oʻz uy oʻyinlarini Olimpiya Luis Kompanis stadioni va Estadi Yoxan Kroyfda oʻtkazib kelayotgandi. Endi esa klub 1B darajasidagi litsenziyani qoʻlga kiritdi va stadion 45 401 nafar tomoshabinni qabul qilishga tayyor.
Bundan tashqari, klub UEFA bilan hamkorlikda Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida Ayntarxt Frankfurga qarshi oʻyinni yangi stadionda oʻtkazish masalasini muhokama qilmoqda.
Barselona Klubi, Kamp Nou, La Liga, Yevropa Chempionlar, Atletik Bilbao