
Markus Rashford "Manchester Yunayted"dan "Barselona"ga oʻtganidan soʻng oʻz oʻyinini yangi bosqichga olib chiqdi. 28 yoshli futbolchi yakshanba kuni Angliya terma jamoasining Albaniyaga qarshi oʻyinda 75-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 82-daqiqada Garri Keynga golli uzatma berib, oʻyinning yakuniy hisobini 2:0 qilib belgiladi.
Rashford joriy mavsumda "Barselona" va Angliya terma jamoasi uchun jami 15 samarali harakatni amalga oshirdi: 7 ta gol va 8 ta golli pas. Angliya terma jamoasi saralash bosqichida barcha 8 oʻyinda gʻalaba qozonib, umumiy 22:0 hisobida raqiblarini magʻlub etdi.
Markus Rashford mavsum oxirigacha "Manchester Yunayted"dan "Barselona"ga ijaraga olingan boʻlib, katalonlar uni 30 million yevroga sotib olish imkoniyatiga ega.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing