17:48 / 15.11.2025
1 622

Xavier Klemente Yamalni ogohlantirdi


Mashhur ispaniyalik sobiq futbolchi va murabbiy Xavyer Klemente "Barselona"ning 18 yoshli yulduzi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi. "Koʻk-anorranglilar"ning yosh vingeri turmush tarzi sabab koʻproq tanqid qilinmoqda.

"Atletik Bilbao"da oʻynagan va ko'plab mashhur klublarni boshqargan Klemente ham bu borada oʻz fikrini aytib oʻtdi. "Agar Yamal maydondan tashqarida oʻzini toʻgʻri tutmasa, futbol olamida uzoq vaqt qolishi qiyin.

Hozirda u ajoyib futbol koʻrsatyapti, lekin notoʻgʻri turmush tarzi bilan uzoqqa borib boʻlmaydi – hammasi tezda tugashi mumkin. Lamin maydonda hayratlanarli narsalarni koʻrsatyapti, lekin raqiblar uni oʻrganib chiqishdi – unga qarshi qanday oʻynashni bilishadi, shu sababli oʻyinlari tobora qiyinlashadi", – dedi Klemente Cadena SER radiosiga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda Yamal "Barselona" safida jami 11 oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Xavyer Klemente, Lamin Yamal, Barselona Yulduzi, Noto'g'ri Turmush, Futbol Olamida
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing