22:30 / 14.11.2025
1 319

Barselona darvozaboni Garciyadan Shesni haqida fikr


Barselona darvozaboni Joan Garciya joriy mavsumda uning oʻrniga maydonga tushayotgan Voytsex Shesnining oʻyinlari haqida oʻz fikrlarini bildirdi. 35 yoshli polshalik darvozabon jarohat olgan ispaniyalik darvozabon oʻrnini egallab, "koʻk-anorranglilar" darvozasini qoʻriqlamoqda.

Shesni maydonga tushgan toʻqqizta oʻyinda Barselona darvozasi 17 marta ishgʻol qilingan boʻlsa, Garcia yetti oʻyinda bor-yoʻgʻi besh gol oʻtkazib yuborgan. "Men Shesniga maslahat beradigan inson emasman.

U katta tajribaga ega va koʻp yillardirki yuqori darajada oʻynab kelmoqda. Gollar har doim ham darvozabonning xatosi bilan kirmaydi, ammo darvozabon – darvoza oldidagi soʻnggi himoya ekan, tanqidga uchrashi tabiiy hol.

Biz jamoa sifatida oʻz oʻyinimizni yaxshilashimiz va koʻproq "quruq oʻyin" oʻtkazishimiz kerakligini yaxshi tushunamiz", – dedi Joan Garciya Barca Universalga bergan intervyusida. Barselonaning navbatdagi oʻyini 22-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Unda Kataloniya klubi Bilbao Atletikiga qarshi maydonga tushadi.
Barselona Darvozaboni, Joan Garciya, Voytsex Shesni, Kataloniya Klubi, Bilbao Atletik
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing