19:40 / 15.11.2025
1 409

OneID: shaxsiy ma’lumotlar boshqaruvi yangilandi


OneID — Yagona identifikatsiya tizimida foydalanuvchilarga o‘z shaxsiy ma’lumotlarini nazorat qilish imkonini beruvchi yangi funksiyalar joriy etildi. Endi har bir foydalanuvchi ma’lumotlari qaysi tashkilotlar tomonidan va qanday maqsadda ishlatilayotganini ko‘ra oladi.

Yangi imkoniyat orqali davlat idoralari bazalaridagi ma’lumotlarni tekshirish, xatoliklar bo‘lsa ularni tuzatish jarayonini kuzatish mumkin. Bu ma’lumotlarning aniqligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, foydalanuvchilar qaysi tashkilotlarga o‘z ma’lumotlaridan foydalanishga ruxsat berganini ko‘rib, istasa bu ruxsatlarni bekor qilishi yoki cheklashi mumkin. Tijorat tashkilotlarining ma’lumot olish huquqiga ega bo‘lgan ro‘yxati ham ochiq tarzda taqdim etiladi.

Tizimda istalgan paytda tijorat tashkilotlariga ma’lumot uzatilishini to‘liq bloklash imkoniyati ham mavjud. Bu o‘z navbatida shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi va shaffofligini kuchaytiradi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing