
Barselona bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jarohatlangan futbolchilar safga qaytishi haqida maʼlumot berdi. Yakshanba kuni "koʻk-anorranglilar" "Selta" ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozonishdi.
Bu uchrashuvda Robert Levandovski uchta gol urdi, yana bir gol esa Lamin Yamal hisobiga yozildi. "Oʻylaymanki, Rafinya va Xoan Garsiya keyingi oʻyinda maydonga qaytadi.
Balki Pedri ham safga qoʻshilar, buni koʻramiz", – dedi Flikning soʻzlarini "The Touchline" nashri keltirdi. Yarim himoyachi Pedri oktabr oxiridagi "El-Klasiko"dan soʻng jarohat olgan edi.
Vinger Rafinya va darvozabon Garsiya esa sentabr oxiridan buyon jarohat tufayli maydonga tusha olmayapti. 22-noyabr kuni "Barselona" oʻz maydonida "Atletik Bilbao"ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing