19:26 / 15.11.2025
1 393

Ertaga mamlakat bo‘ylab iliq va sokin ob-havo kutilmoqda

O‘zgidromet 16-noyabr kuni mamlakatning barcha hududlarida kuzatiladigan ob-havo prognozi bilan bo‘lishdi. Ma’lumotlarga qaraganda, ertaga deyarli butun respublika bo‘ylab osmon o‘zgaruvchan bo‘lsa-da, yog‘ingarchilik ko‘zlanmayapti. Shamol asosan sharq yo‘nalishidan yengilgina esib turadi.

Toshkent shahrida kun tinch va yomg‘irsiz kechadi. Shamol 3–8 m/s atrofida bo‘ladi. Harorat tunga yaqin 4–6 daraja iliq, kunduzi esa 18–20 darajagacha ko‘tarilib, noyabr uchun ancha qulay holatni yaratadi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida ham osmon biroz o‘zgaruvchan bo‘lib, shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja, kunduzi esa 17–22 darajagacha iliydi.

Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida ham xuddi shunga o‘xshash vaziyat saqlanadi. Ob-havo sokin, yog‘ingarchiliksiz. Kechasi 4–9 daraja, kunduzi esa 17–22 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ham xavo o‘zgaruvchan, ammo quruq bo‘ladi. Shamol 7–12 m/s atrofida yesadi. Harorat tunga yaqin 2–7 daraja, kunduzi esa 17–22 daraja iliqlikni tashkil etadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa nisbatan iliqroq havo kutilmoqda. Kechasi 2–7 daraja, kunduzi esa 19–24 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida — Andijon, Namangan va Farg‘onada shamol 5–10 m/s atrofida esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja, kunduzi esa 15–20 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ham ob-havo tinch va yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 2–7 daraja, kunduzi esa 12–17 darajani tashkil etadi.

Qisqasi, ertangi kun mamlakatning deyarli barcha hududlari uchun yomg‘irsiz, nisbatan iliq va qulay ob-havo bilan boshlanadi.


Ob-havo Prognozi, Noyabr Havosi, Iliq Kunlar, Yog‘ingarchiliksiz Havo, Shamol Tezligi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing