
Finlyandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Yakob Friis jahon chempionati saralash bosqichidagi kutilmagan mag'lubiyat bo'yicha fikr bildirdi. Uning shogirdlari Malta jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va shu orqali «mittilar»ga dastlabki g'alabasini taqdim etdi.
«Bizning gol ura olmaganimiz aqlga sig'maydi. Juda ko'p imkoniyatlarga ega bo'ldik, ular-chi?
Atigi 1-2 imkoniyat. Birinchi o'yin bilan solishtirganda, bizda ancha ko'p gol urish imkoniyati bo'lgan.
Ammo futbol shunday o'yin. Birinchi o'yinda g'alaba qozongandik, endi esa mag'lubiyatga uchradik.
Bu holat meni eng ko'p xafa qiladi», – dedi Friis YLE nashriga bergan intervyusida. Murabbiy shuningdek, uning futbolchilari yaxshi o'ynaganini, yagona kamchilik esa imkoniyatlardan foydalana olmagani ekanligini qo'shimcha qildi.
Finlyandiya ushbu guruh bosqichini 10 ochko bilan uchinchi o'rinda yakunladi. Polsha 14, Niderlandiya esa 17 ochko to'plagan.
Malta 5, Litva esa 3 ochko to'plab musobaqani yakunladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xorvatiya – O‘zbekiston bahsi oldidan ekspertlar fikri tarqaldi
O‘zbekiston – Misr bahsi oldidan kutilgan katta sinov boshlanmoqda
O‘zbekiston U-17ning shov-shuvli g‘alabasiga OFKdan qanday munosabat bo‘ldi?
Xorvatiya murabbiyi: O‘zbekistondan qo‘rqmaymiz, g‘alaba uchun chiqamiz
Ivan Sergeev: 90-daqiqada hech kim ketmadi