
Lill jamoasining markaziy yarim himoyachisi Ayub Buaddi faoliyatini Italiya giganti Yuventusda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Yuventus 18 yoshli frantsuz yarim himoyachisini sotib olishni rejalashtirmoqda, biroq futbolchining 40 million yevro miqdoridagi transfer narxi klubni o‘ylantirib qo‘yishi mumkin. Shunga qaramasdan, Buaddi turinliklarga juda yoqmoqda va uning o‘yini uslubi Yuventusda Adrian Rabo bilan solishtirilmoqda.
Joriy mavsumda Buaddi barcha turnirlarni hisobga olgan holda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirgan. Yarim himoyachining Lill bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 30 million yevroga baholashgan.
Ayub Buaddi, Yuventus Klubi, Frantsuz Futbolchi, Transfer Narxi, Lill Jamoasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing