18:03 / 15.11.2025
1 110

Tramp umrida bir tomchi alkogol ham tatib ko‘rmaganini aytdi

AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zining umrbod alkogolga qo‘l urmaganini ma’lum qildi. U bunday qarorga kelishini oiladagi og‘ir voqea bilan bog‘ladi.

Aytishicha, uning akasi Fred Tramp Junior yoshligidanoq spirtli ichimlikka berilib qolgan va 1981 yilda aynan shu muammo oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Trampning so‘zlariga ko‘ra, akasi doim unga “ichkilikka yaqinlashma” deb uqtirgan va bu maslahat unda butun umrga qolgan.

“Men umrim davomida bir tomchi ham ichmaganman. Agar ichganimda, balki eng yomon odamga aylanar edim”, — deydi u o‘z chiqishlarida.

Prezident shuningdek, sigareta ham chekib ko‘rmaganini aytdi. U bunday tarzi hayotni o‘ziga bo‘lgan mas’uliyat, nazorat va salomatlikni asrash bilan izohladi. Unga ko‘ra, alkogol inson hayotini izdan chiqarib, oilalarni parchalashi mumkin.


Donald Tramp, A Q S H Prezidenti, Spirtli Ichimlik, Sog'lom Hayot, Oilaviy Muammo
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing