17:34 / 14.11.2025
2 138

Chelsi Xulian Alvares uchun 150 mln yevro taklif qilmoqda


Soʻnggi yillarda "Chelsi" transferlarga katta mablagʻ sarfladi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Fichajes portali xabariga koʻra, London klubi "Atletiko"ning yulduz hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olish uchun 150 million yevro ajratmoqchi.

Xulian Alvaresning "Chelsi"ga oʻtishiga uning Argentina terma jamoasidagi jamoadoshi, yarim himoyachi Enso Fernandes yordam berishi mumkinligi taʼkidlanmoqda. Agar "Chelsi" Alvaresni 150 million yevro evaziga sotib olsa, bu klub tarixidagi eng qimmat transfer boʻladi.

Hozircha "Chelsi"ning rekord transferi Enso Fernandes boʻlib, u uchun 121 million yevro toʻlangan. 25 yoshli Xulian Alvares joriy mavsumda 15 oʻyinda 9 ta gol urib, 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Chelsi Transferlari, Xulian Alvares, Enso Fernandes, Klub Tarixi, Argentina Terma
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing