17:41 / 23.12.2025
3 365
Konte: Endi hamma Xyoylunn va Maktominay haqida gapiryapti

“Napoli” bosh murabbiyi Antonio Konte yarim himoyachi Skott Maktominay va hujumchi Rasmus Xyoylunnning o‘yini haqida fikr bildirdi. “Endi hamma Xyoylunn va Maktominay haqida gapiryapti...
Eslaysizmi, ular “Manchester Yunayted”da o‘ynamagan? O‘zingizga bir nechta savol bering...
Men va shtabim, chamasi, nimanidir to‘g‘ri qilganmiz. Buning sababi bo‘lishi kerak”, — deya Kontening so‘zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltiradi.
Avvalroq “Napoli” Italiya Superkubogini qo‘lga kiritib, finalda “Bolonya”ni mag‘lub etdi. Uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi.
David Neres dubl muallifi bo‘ldi. “Napoli” navbatdagi o‘yinini 28 dekabr kuni o‘tkazadi.
A Seriyaning 17-turida Konte jamoasining raqibi “Kremoneze” bo‘ladi.
Antonio Konte, Skott Maktominay, Rasmus Xyoylunn, Italiya Superkubogi, A Seriya
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Konte Napolida Maktominay va Hoylundni qayta ochdi
Napoli Bolonyani mag'lub etib, Italiya Superkubogini yutdi
Napoli Bolonyani mag'lub etib, Italiya Superkubogini yutdi
Neresning dubli «Napoli»ga Italiya superkubogi sovrinini olib keldi (video)
Rasmus Xyoylunn jamoa g'alabasidan mamnunligini bildirdi