13:28 / 23.12.2025
4 328

Chelsi Elliot Anderson uchun kurashga qo‘shildi


“Nottingem Forest”ning markaziy yarim himoyachisi Elliot Anderson Londonning “Chelsi” klubi qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda Devid Ornshteyn xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Andersonga Premyer-liganing yetakchi klublari, jumladan “Chelsi” ham katta qiziqish bildirmoqda. Biroq yanvarda transfer bo‘lishi ehtimoli past, chunki “o‘rmonchilar” futbolchini sotishdan 92–115 million yevro atrofida juda katta mablag‘ ishlab olishni istamoqda.

Andersonni o‘z safiga qo‘shib olishni “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Bavariya” va “Chelsi” xohlamoqda, biroq ko‘p narsa murabbiylar masalasiga bog‘liq: tilga olingan klublarda murabbiylar shtabi borasida hanuz noaniqlik saqlanib qolmoqda. Joriy mavsumda 23 yoshli Anderson barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing