
Nottingem Forest jamoasining yarim himoyachisi Elliot Anderson yaqin orada klubini o'zgartirishi mumkin. Defensa Central xabariga ko'ra, "Real Madrid" Anderson uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda.
Shuningdek, 23 yoshli futbolchi bilan "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Nyukasl" klublari ham qiziqmoqda. Avvalroq Nottingem Forest Andersonni 114-137 million yevro evaziga sotishga tayyorligini bildirgan edi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi 14 o'yinda maydonga tushib, bir gol va bir golli uzatmani amalga oshirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing