16:59 / 20.12.2025
1 818

Hafta boshida qaysi hududlarda qor yog‘adi?

O‘zgidromet 22–25-dekabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, hafta boshida respublika bo‘ylab havo asosan o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim hududlarda qor, tuman va yaxmalak kuzatilishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo ba’zi joylarga tuman tushishi ehtimoldan xoli emas. Kechalari havo sovuq bo‘lib, kunduzi harorat 0–7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida 22-dekabrda ayrim hududlarda yengil qor yog‘ishi mumkin, keyingi kunlari esa asosan quruq ob-havo saqlanadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatilishi mumkin.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida ham 22 dekabr kuni ayrim joylarda qor yog‘ishi ehtimoli bor. Keyingi kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman va yaxmalak saqlanib qolishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryoda ham haftaning birinchi kuni qor yog‘ishi mumkin, keyin esa havo ochiladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik prognoz qilinmayapti, ammo tuman kuzatilishi mumkin.

Tog‘li hududlarda 22–23-dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ayrim joylarda qor ko‘chishi xavfi mavjud. Mutaxassislar haydovchilarni yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda.


Ob-havo prognozi, Qoraqalpog‘iston va Xorazm, Buxoro va Navoiy, Farg‘ona vodiysi, Tog‘li hududlar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing