
O‘zgidromet 17 dekabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Ertaga mamlakatning katta qismida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushadi.
Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiyda ham yomg‘ir yog‘ishi kuzatilmaydi, lekin tuman tushish ehtimoli bor. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzaxda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda ham yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 3-8, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘onada yomg‘ir va tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yomg‘ir-qor aralash yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekistonda ob-havo, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston va Xorazm, Tog‘li hududlar, Yomg‘ir va tuman