12:00 / 29.11.2025
341 218

O'zbekiston elchisi Avstraliya general-gubernatoriga ishonch yorlig'ini topshirdi


O'zbekiston elchisi Alisher Qayumov Avstraliya general-gubernatori Samanta Mostinga ishonch yorlig'ini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Uchrashuv davomida Mostin O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni e'tirof etdi. Shuningdek, Toshkent va Kanberra o'rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Qayumov va Mostinning fikriga ko'ra, har ikki davlat paxta va tog'-kon sanoatiga tayanadi. Mostin Samarqandda muvaffaqiyatli o'tkazilgan YuNESKO konferensiyasini yuqori baholab, O'zbekiston avstraliyalik sayyohlar uchun qiziqarli mamlakatga aylanayotganini ta'kidladi.

Toshkent va Kanberra o'rtasida diplomatik aloqalar 1991-yil dekabr oyi oxirida o'rnatilgan bo'lib, o'shanda O'zbekiston va Avstraliya tashqi ishlar vazirlari maktublar almashgan edi. Eslatib o'tamiz, Qayumov joriy yil bahoridan buyon Singapurda O'zbekiston elchixonasiga boshchilik qilmoqda.

U ushbu mamlakat prezidentiga ishonch yorlig'ini aprel oyida topshirgan edi.


O'zbekiston Elchisi, Avstraliya General-gubernatori, Toshkent Kanberra, Yu N E S K O Konferensiyasi, Diplomatik Aloqalar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing