15:09 / 28.11.2025
334 417

O‘zbekistonda yagona to‘lov QR-kodi joriy etiladi


2026-yilgacha moliyaviy texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida O‘zbekistonda QR-kod orqali to‘lovlar uchun yagona standartlar joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Markaziy bankka moliyaviy tashkilotlar bilan birgalikda joriy yil oxirida universal QR-kod loyihasini sinov tariqasida ishga tushirish vazifasi yuklatildi.

Kelasi yil boshida esa ushbu texnologiyaga oid hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilgan. Yagona QR-kod tizimini 2024-yil fevral oyida ishga tushirish kutilmoqda.

Shuningdek, eslatib o‘tamiz, kelasi yilning sentabr oyidan boshlab O‘zbekistonda ochiq bank tizimi ishga tushiriladi. Mazkur platforma banklar, to‘lov tashkilotlari va moliyaviy texnologiya kompaniyalariga ma’lumotlarni xavfsiz almashish imkonini beradi.


Moliyaviy Texnologiyalar, Q R Kod, Markaziy Bank, Ochiq Bank, To'lov Tashkilotlari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing