22:16 / 24.11.2025
411 696

SCAT Airlines O‘zbekistonga yangi reyslar ochdi

Qozog‘istonning SCAT Airlines aviakompaniyasi Turkiston Hazrati Sulton xalqaro aeroportidan O‘zbekistonning uchta shahriga — Urganch, Buxoro va Samarqandga yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘ydi. Mazkur yo‘nalishlar uchun chipta savdosi allaqachon boshlangan.

Turkiston — Urganch — Turkiston yo‘nalishidagi parvozlar 1-dekabrdan boshlanadi. Ushbu reyslar dushanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Turkiston — Buxoro — Turkiston marshruti 2-dekabrdan ishga tushadi. Parvozlar seshanba, payshanba va shanba kunlari rejalashtirilgan.

Turkiston — Samarqand — Turkiston yo‘nalishidagi muntazam reyslar 3-dekabrdan amalga oshiriladi. Ushbu yo‘nalishda parvozlar chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.


S C A T Airlines, Turkiston Aeroporti, O‘zbekiston Shaxarlari, Yangi Aviareyslar, Chipta Savdosi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing