17:43 / 21.11.2025
511 027
O‘zbekiston elchisi Gretsiya prezidentiga ishonch yorlig‘ini topshirdi

O‘zbekistonning Gretsiyadagi elchisi Abat Fayzullayev rasmiy faoliyatini boshladi. Afina shahrida u Gretsiya prezidenti Konstantinos Tasulasga ishonch yorlig‘ini topshirdi.
Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi. Qisqa suhbat davomida Gretsiya prezidenti O‘zbekiston rahbariyatining muvozanatli diplomatiyasini yuqori baholadi.
U bunday siyosat mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash va xalqaro ishonchni oshirishga muhim hissa qo‘shayotganini ta’kidladi. Tasulasning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilgan.
Siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada kengaytirish uchun ajoyib imkoniyatlar yaratilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy Pokiston-Afg‘oniston munosabatlarini diplomatik sinovlar fonida kuzatmoqda
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida nutq soʻzladi
IB tizimidagi ilk davlat maktabi - O‘zbekiston ta’limida yangi sahifa
Suriya prezidenti rasmiy tashrif bilan Vashingtonga yetib bordi