16:48 / 21.11.2025
484 769
O‘z shajarangizni endi raqamli tarzda yaratish imkoni paydo bo‘ladi

O‘zbekistonda “Shajara” nomli yangi raqamli axborot tizimi joriy etilmoqda. Ushbu xizmat orqali foydalanuvchilar o‘z shaxsiy shajarasini tuzish, tug‘ilish, nikoh va o‘lim haqidagi rasmiy ma’lumotlarni onlayn ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar.
Tizim arxiv hujjatlari asosida ishlaydi va foydalanuvchilarga o‘z nasl-nasabini aniqlashda ko‘maklashadi. Bundan tashqari, genetik ma’lumotlar asosida uzoq qarindoshlarni aniqlash funksiyasi ham taqdim etiladi.
“Shajara” axborot tizimi orqali arxivga tezkor, ishonchli va qulay kirish yo‘lga qo‘yiladi. Platforma genealogiya va oilaviy tarix bilan qiziquvchilar uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Shajara Tizimi, Raqamli Axborot, Nasl Nasabi, Genealogiya Platformasi, Oilaviy Tarix
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda yangi genetik mutatsiyalar aniqlandi
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Kelajakni o‘zgartiruvchi sun’iy idrok: uning insoniyatga foyda-ziyoni nimada?
IB tizimidagi ilk davlat maktabi - O‘zbekiston ta’limida yangi sahifa
Olimlar tarixdagi eng noyob qon guruhini aniqlashdi: faqat bir odamda bor!