23:36 / 17.11.2025
4 047

Qashqadaryoda noqonuniy oltin savdosi to‘xtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Navoiy va Samarqand viloyatlarida yashovchi, 1982, 1984 va 1996-yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro qonunga xilof ravishda jami 475 gramm og‘irlikdagi 2 bo‘lak oltin quymalarni xaridorga sotishga kelishib, avvaldan 500 mln so‘m olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining xulosasiga ko‘ra, 994 asillik darajasidagi ushbu oltin quymalarning sof og‘irligi 472 grammni tashkil etib, umumiy qiymati 740,4 mln so‘mni tashkil qiladi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda. Ta’kidlash joizki, ulardan 2 nafari muqaddam sudlangan bo‘lib, ulardan biri hozirda axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing