
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov yangi qo‘shma chegara savdo zonasi – “Shavat-Dashoguz”ni ishga tushirdi. Mazkur hududda hozirda ma’muriy binolar, bojxona, fitosanitariya, veterinariya va karantin xizmatlari punktlari, savdo paviloni hamda omborxonalar faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, bu yerda “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlari, interaktiv servislar, bank va tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi. Hududda mehmonxona va katta avtoturargoh ham mavjud.
Mazkur savdo zonasining ochilishi O‘zbekistonning Xorazm viloyati va Turkmanistonning Dashoguz viloyati o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ushbu hududlarda 3,5 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston Pokistondan mandarin importini vaqtinchalik to‘xtatdi
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘zaro savdo hajmi ikki baravar oshiriladi
Prezidentlar hamkorlikka oid yangi hujjatlar to‘plamini imzoladi
Turkmaniston prezidenti “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi
O‘zbek brendlari JD.com orqali Xitoy bozoriga chiqadi