
Niderlandiyaning AZ Alkmaar klubi yarim himoyachisi Kes Smit bir nechta yevropalik grand klublarning eʼtibor markazida. Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra, 19 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan klublar orasida Myunxenning "Bavariya"si, Dortmundning "Borussiya"si, Madridning "Real"i va Angliyaning "Nyukasl" jamoalari bor.
Niderlandiya klubi yosh yarim himoyachini kelgusi yili transfer qilishga tayyor, biroq bu uchun taxminan 22 million yevro talab qilinadi. Smitning amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda futbolchi 19 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Kes Smit, A Z Alkmaar, Yevropa Klublari, Transfer Narxi, Yosh Futbolchi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing