Dildora Niyozovaning yangi taronasi YouTube’ni zabt etdi (video)

Xonanda Dildora Niyozova o‘z ijodidagi navbatdagi yangi qo‘shig‘ini muxlislarga taqdim etdi. “Er bo‘lmasa, kimsan ayol” deb nomlangan ushbu tarona YouTube platformasida premyera qilinib, qisqa vaqt ichida katta qiziqish uyg‘otdi.
Qo‘shiq e’lon qilinganidan atigi 3–4 kun o‘tib, 1 milliondan ortiq tomosha qilindi. Bu esa taronaning dolzarb mavzusi, ta’sirchan matni va xonandaning samimiy ijrosi bilan izohlanmoqda. Tinglovchilar qo‘shiq ostida 1 ming 400 dan ortiq iliq va ijobiy izohlar qoldirib, ijodkorni qo‘llab-quvvatlashmoqda.
Mazkur tarona jamiyatdagi muhim mavzulardan birini yoritib, ayolning o‘rni, hayoti va ruhiy kechinmalarini chuqur aks ettirgani bilan ajralib turadi. Dildora Niyozovaning kuchli ovozi va his-tuyg‘ularga boy ijrosi qo‘shiqning ta’sirchanligini yanada oshirgan.
Dildora Niyozova, Yangi qo‘shiq, Jamiyat mavzusi, Ayol hayoti, Ruhiy kechinmalar